Bolalarning maktabdan taşqari vaqtlarini mazmunli ötişini taşkil etiş Özbekiston xalq vazirligi oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifani bajariş uçun maktabdan taşqari ta'lim muassasalari tarmoğini rivojlantirişga katta e'tibor qaratiladi.

Bugungi kunda 1,7 mlndan köproq öquvçilar sport seksiyalariga qatnaşadi. Ular uçun 95 mingdan köproq sport seksiyasi işlaydi. 491 ta bolalar-ösmirlar sport maktabida 30 dan ortiq sport turidan saboq beriladi. Maktab öquvçilari orasida sportning futbol, voleybol, gandbol, basketbol, stol tennisi va turli yakkakuraş turlari köproq ommaviylaşgan.

Şuningdek, davlatimizda 278 ta bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyat yuritadi. Bu yerda turli musiqa asboblarida musiqa ijro etiş hamda tasviriy va amaliy san'atning turli yönalişlari böyiça malakalarni özlaştiriş mumkin.

Maktab öquvçilari orasida vaqtni mazmunli ötkazişning yana bir sevimli joyi “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazlari hisoblanadi. Bu yerda bolalar e'tiboriga 36 nomdagi tögaraklar havola etilgan.