«Barselona» jamoasi gollandiyalik hujumçi Robin van Persini transfer qiliş borasida jiddiy harakatlarini boşladi.

Algemeen Dagblad naşri xabariga köra, «Barselona» jamoasi sport işlari direktori Roberto Fernandes Gollandiya va Çexiya terma jamoalari örtasida Yevro-2016 turniri saralaş bosqiçidagi uçraşuvni kelib tomoşa qilgan va unda van Persining harakatlarini kuzatgan.

Gollandiyadagi naşrlarda yozilişiça, kataloniyaliklar 32 yoşli bu hujumçining agentlari bilan boğlanişgan. Uşbu transfer qişki transferlar vaqtidayoq amalga oşirilişi mumkin.

Qayd etiş kerakki, ayni vaqtda Turkiyaning "Fenerbahçe" jamoasi a'zosi bölgan Robin van Persi jamoa boş murabbiyi Vitor Pereyra bilan yaxşi munosabatda emas va bu futbolçining Ispaniyada faoliyatini davom ettirişida asosiy omilga aylanişi mumkin.

Ma'lumot uçun, van Persi Turkiya Oliy ligasining joriy mavsumida 7ta turda 3ta gol urdi.