Sobiq Ittifoq davlatlarining olimlari tomonidan oxirgi yillarda taqdim qilingan eng antiqa kaşfiyotlar röyxati e'lon qilindi.

Avvalambor, yaqindagina, 14 oktabr kuni Qozoğiston texnologik rivojlaniş milliy agentligi tomonidan taklif qilingan innovatsion ötov yodga olindi. Ixtiroçining fikriça, bu ğoya ötovsozlikni maşinasozlik bilan birlaştirişi lozim, negaki uning oddiy ötovdan asosiy farqi ğildiraklarining borligidadir. Qozoğiston maşinasozlari ittifoqi raisi Timurlan Oltoyev boşçiligidagi ekspertlar komissiyasi körib çiqqan loyiha mualliflari uning realizatsiyasiga 25 mln tanga söraşdi. Ta'kidlanişiça, innovatsiyaga treylerda yurişni xuş köradigan çet elliklar qiziqiş bildirişmoqda.
Bir yil muqaddam Qozoğistonda “köngiloçar ötov” – bir boşpana ostidagi restoran va etnografik markazni yaratiş taklif qilingan edi. Bunday ötovda turistlar ham qozoq madaniyati bilan taniştirilişi, ham ovqatlanişi közda tutilgan edi.

Bu loyihalarni töldirib turuvçi boqşa bir ixtironi olim Örozboy Nurğojin taklif qildi. U yaratgan uskuna sutkasiga 1 tonna qimiz işlab çiqarişga qodir edi.

Qozoğistonlik fazogir Oydin Ayimbetovning fazoga parvozi munosabati bilan Qozoğiston oziq-ovqat iste'moli instituti öziga xos tajriba ötkazişga qaror qildi. U bilan birgalikda Xalqaro kosmik stansiyaga qozoq milliy taomlari, xususan, beşbarmoq yöllandi. Bundan közlangan asosiy maqsad taomlarning vaznsizlik holatida qanday hazm qilinişini örganiş böldi.

Belarusda uşbu davlat milliy taomnomasida birinçi örinni tutuvçi kartoşka bilan eksperimentlar ötkazildi. Ötgan yili uşbu mamlakat genetiklari zararkunandalarga qarşilik körsata oladigan kartoşka navini yaratişga kirişib ketişdi. Selektsionerlar esa rangli kartoşkalar yaratişdi. Belarus kartoşkaşunoslik ilmiy-amaliy markazi laboratoriyasi mudiri Viktor Kozlovning sözlariga qaraganda, garçi rangli kartoşkalar ilgari AQŞ va Rossiyada yaratilgan bölsa ham, belarus olimlarining kaşfiyoti xastaliklar va viruslarga çidamliroqdir.

2013 yilda ulardan ortda qolmaslikni niyat qilgan armanistonlik mutaxassislar mevalarni gazda emas, quyoş energiyasida quritişni taklif qilişdi. Bu mahsulot tannarxini 20 foizga tuşiradi.