14:55 / 16.10.2015
3971

O‘zbekiston mehnat vaziri Plexanov universiteti filiali rektori bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Aziz Abduhakimov Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining filiali rektori Qalandar Abdurahmonov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlikning Facebook’dagi sahifasi orqali xabar qilindi.

Aytilishicha, uchrashuv chog‘ida rektor Aziz Abduhakimovga “Plexanov nomli RIU filialiga 20 yil” medalini hadya qilgan. Marosim yakunida ular o‘rtasida suhbat o‘tkazilgan.
Suhbat chog‘ida mehnat vaziri iqtisodiy sohada yuqori malakali kadrlar yetishtirishda oliy ta'lim tizimining o‘rni muhimligini ta'kidlab o‘tgan.

Shuningdek, vazirlik tomonidan ishlab chiqilayotgan qonunchilik bazasi ekspertizasida universitet mutaxassislarining ishtiroki borasida kelishuvga erishilgan.

Top