Microsoft öz noutbuklarini kompaniyaning rasmiy dökonlarida eski leptoplarni almaştiriş evaziga çegirma asosida sotmoqda. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida e'lon qilingan.
Mazkur aksiya narxi 599 dollardan ziyod Microsoft noutbuklari uçun amal qiladi. Microsoft har qanday noutbuki sotuvida 200, MacBook topşirilganda 300 dollargaça çegirma qilişi mumkin. Şunga yaraşa çegirmaga ega bölişning öziga yaraşa şartlari bor.
Topşiriladigan qurilma olti yildan köp işlamagan, işlaş xususiyatiga ega va jiddiy zarar körmagan bölişi kerak. Displey diagonali 11 dyyumdan kiçik bölmasligi kerak.
Aktsiya 14 oktabrdan 20 oktabrga qadar bölib ötadi. U faqatgina AQŞ va Kanadada amal qiladi.






