Rossiya poytaxtida yangi tuğilayotgan bolalarga qaysi ism eng köp qöyilayotgani ma'lum böldi. “Moskva FHDYosi olib borgan 9 oylik kuzatuv natijasida şu narsa ma'lum böldiki, moskvaliklar yangi tuğilayotgan bolalariga ism tanlaşda konservativlarça yondaşişmoqda. Ism qöyişda heç qanday radikal ruhiyat sezilmayapti”, - deb ma'lum qiladi Moskva FHDYo rasmiy sayti.

Qizlarga aksari holatlarda Sofiya yoki Sofya ismini, ayniqsa, birinçi variantni köproq qöyişmoqda. Sofiya deb 1,9 ming, Sofiya deb esa 939 ming nafar qizga ism qöyilgan. Undan keyingi örinlarda Mariya, Anna, Anastasiya va Viktoriya ismlari turibdi.

Öğil bolalar ismi top beştaligiga Aleksandr, Maksim, Artyom, Mixail va Daniil (Danila, Danil) kirgan. Ma'lum bölişiça, Aleksandr ismini qöyiş yil sayin foiz hisobida tuşib bormoqda. Agar 1990 yilda şu ism bilan 9 foiz öğil bola nomlangan bölsa, 2015 yil yanvar holatiga köra bu körsatkiç 4,5 foizni taşkil etmoqda.