22 sentabr kuni Bruklinda taşkil etilgan Misen kompaniyasi oşpiçoq işlab çiqarişni moliyalaştiriş uçun pul töplaş kampaniyasini boşlab yubordi. Kickstarter resursida joylaştirilgan axborotga köra, bu piçoqning heç qanday öziga xos jihatlari yöq. Kompaniya vakillari şunçaki uning sifati kötarilib, narxi pasayişini va'da qildilar.
Şunga qaramay, uşbu loyiha qisqa muddatda 700 ming dollar töplay oldi.
Misen asosçisi Umar Rada FreshDirect oziq-ovqat mahsulotlari distribyutori strukturasida beş yil davomida turli lavozimlarda, jumladan, prezident örinbosari sifatida işlagan. U bilan bir qatorda, korxona hammuassislari sifatida sanoat dizayneri Piter Myuller va Joş Mozes körsatildi.
Misen piçoqlari bir qança ustun taraflarga ega, ammo ularni innovatsion yeçimlar deb bölmaydi. Çiroyli, baquvvat va sifatli oşpiçoqning plastikdan bölgan dastasi bir qança rang variantlariga ega. Bundan taşqari, kompaniya xaridorlarga piçoqni çarxlab berişdan iborat bir umrlik servis taklif qilmoqda.
Piçoqning narxi 56 dollarni taşkil qiladi.