KXDRda çekişga qarşi tabletka körinişidagi yangi preparat işlab çiqildi. Mahalliy OAVning ma'lum qilişiça, uşbu preparat tabiiy vositalar, jumladan, jenşen ösimligi kukuni va boşqa dorivor ösimliklardan tayyorlangan.
Şimoliy koreyalik tibbiyot xodimlarining aytişiça, uşbu preparat immunitetni oşiradi va kişida heç qanday salbiy ta'sirlarni keltirib çiqarmaydi. Preparat çekişni istovçi qondagi hujayralarni öldiradi, yötal va astmadan himoya qiladi. Davolaş kursi 7-10 kunni taşkil etadi. KXDRda şuningdek, çekişni taşlaş uçun igloterapiya kurslari ham mavjud.
Bugungi kunda KXDRda tamaki çekuvçilar yetarliça topiladi. Ammo mamlakatda soğlom turmuş tarzini tarğib qiluvçi ma'lumotlar yordamida çekuvçilar sonini sezilarli ravişda kamaytirişga erişilgan






