Ayni paytda WhatsApp, Google Hangouts va boşqa messenjerlar foydalanuvçilari Skype ga töğridan-töğri boğlanişlari mumkin. Hozirça bunday imkoniyat messenjerning AQŞlik foydalanuvçilari uçun amalda, xolos. Keyinroq boşqa mamlakatlarga ham joriy qilinadi, deydi mutasaddilar.

Yangi imkoniyatni amalda qöllaş uçun foydalanuvçining Skypedan maxsus havolani olişi talab etiladi. U orqali kirilib, Skypening veb-versiyasiga avtorizatsiya qilinadi. Şundan söng unga aloqa imkoniyati beriladi.

Dasturçilarning ta'kidlaşiça, funksiya Windows, Mac, Android i iOS, şuningdek, mesenjyerlarning veb-versiyasi foydalanuvçilari uçun ham amalda böladi. Maqsad VoIP-telefoniya foydalanuvçilarini öz tomoniga ağdarib oliş.

Hozirgi vaqtda dunyoning eng maşhur messenjeri QQ xizmati bölib, u Xitoyning Tencent internet-kompaniyasiga tegişli. Kompaniya rekordni köp sonli axoliga ega Xitoy bozorida qöygan.

Bugunga kelib QQ foydalanuvçilari soni 843 million nafarni taşkil etadi. 800 millionlik foydalanuvçisi bilan ikkinçi örinni WhatsApp egallagan.

Eslatib ötamiz, Facebook mazkur messenjer loyihani ötgan yili 18 milliard dollarga sotib olgan edi. Aynan Facebook Messenger 3 örinni band etib turibdi. Uning foydalanuvçisi 700 million nafarni taşkil etadi.

Manba: terabayt.uz