19 oktabr kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga taşrif buyurgan Yevropa taşqi faoliyat xizmati Boş kotibi Alen Le Ruani qabul qildi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Taşqi işlar vazirligida bölib ötgan çraşuvda YeI Delegatsiyasi rahbari, elçi Yuriy Şterk va YeIning Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Piter Burian ham iştirok etişdi.
Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasidagi hamkorlikning hozirgi holati hamda uni yanada rivojlantirişning istiqbolli yönalişlari muhokama qilindi.
Şuningdek, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo uçun strategiyasi doirasidagi ikki va köp tomonlama loyihalarni amalga oşiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.






