Ispaniya Mudofaa vazirligi 17 oktabr kuni Afğonistonning Hirot şahriga joylaştirilgan ispan harbiylari ortga qaytarilişi haqida ma'lum qildi. Bu bölinma NATO rezolyutsiyasi asosida Afğoniston hukumatiga yordam beriş uçun jönatilgandi.
Bu bölinmaning Afğonistondagi mavjudligi 2014 yilning 18 dekabr kunida Kongress deputatlari tomonidan qabul qilingan qaror asosida tasdiqlangandi.
Bu bölinma şu vaqtgaça Hirotdagi harbiy baza va aeroportni qöriqlaş vazifasi bilan şuğullangan.
Ispaniya qurolli kuçlariga tegişli harbiy-transport samolyotlari 27 oktabrgaça Afğonistondan şaxsiy tarkib va 2 ming tonnalik harbiy yukni olib çiqib ketişi kerak böladi.
27 oktabrdan keyin Afğonistonning Kobul şahridagi NATO boşqarmasi binosida 20 nafar ispaniyalik askar qoldiriladi.






