18 oktabr kuni Özbekistonning aksar hududlarida yoğingarçilik yuz berdi va ba'zi hududdlarda, xususan Samarqand viloyatida qor yoğib ötdi.
Kunning ikkinçi yarmida internetda Toşkent viloyatini Farğona vodiysi bilan boğlovçi "Qamçiq" dovonida qor yoğgani tasvirlangan suratlar paydo böldi.

Qayd etiş kerakki, Farğona vodiysiga olib boruvçi bu yagona yölda kuniga 20 mingtagaça avtomobil harakatlanadi.

Bugungi kunda bu yölda FVV qoşidagi qutqaruv-qidiruv bölinmalari doimiy ravişda nazorat işlari bilan şuğullanişadi. Yöl böylab 15ta qorovul postlari örnatilgan. Qiş vaqti yöllar xavfsizligini ta'minlaş uçun yöllarga har yili 15 ming tonna qum-şağal va 6 ming tonna texnik soda sepiladi. Bunday vaziyatlar uçun 100ga yaqin texnik vositalar xizmat qiladi.










