Sezganmisiz, dabdabali bazm yoki ziyofatdan keyin teringiz qandaydir quruqşagan, ğijimlangandek körinadi. Buning ajablanarli joyi yöq, çunki biz iste'mol qilayotgan narsalar bevosita teri holatiga ta'sir körsatadi. Şunday mahsulotlar borki, ularni muntazam ravişda iste'mol qiliş terining qariş jarayonini tezlaştiradi.
1. Şirinliklar

Organizmda qand miqdorining köpayişi “glikatsiyaning yakuniy mahsulotlari” (GYaM)ni keltirib çiqaradi, ya'ni “ortiqça” molekulalar oqsil molekulalari bilan birlaşadi. Oqibatda GYaM terining yoş va tarang bölişi uçun javob beruvçi oqsillarni parçalaydi. Şuning uçun şirinlikni ortiqça yeb bölmaydi.
2. Alkogol
Soğlom jigar soğlom teri degani. “Agar jigar faoliyati joyida bölsa, terini zararlovçi toksinlar organizmdan tabiiy yöl bilan çiqib ketadi”, – deydi Amerika dermatologiya akademiyasi a'zosi, doktor Ariel Ostad. “Lekin ular jigarda töplanib qolsa va parçalanmasa, terida noxuş özgarişlar paydo böladi, yuz sarğayib, ajin bosadi”, – deydi doktor. Alkogol suvsizlaniş va uyqusizlikka sabab böladi. Uyqusizlik esa terini dağallaştiradi.
3. Oq vino
Bu içkilik tiş emaliga salbiy ta'sir körsatadi. Oq vino tarkibidagi kislota emalni parçalaydi va doğlar paydo bölişiga olib keladi.
4. Tuz
Ovqat tayyorlayotganda tuz işlatmasangiz, bu tuzning taom tarkibida butunlay bölmasligini anglatmaydi. Tuz heç kim kutmagan joyda ham bölişi mumkin (masalan, issiq şokoladda, tvorogda, makkajöxori qalamçalarida). Tuz konservalangan mahsulotlar tarkibida ham böladi. U organizmdagi suvni tutib turadi va odamni “şişib ketgandek” qilib körsatadi.
5. Lahm göşt

Göşt erkin radikallar işlab çiqarilişi kuçaytiradi. Ularning ta'siri quyidagiça: erkin radikallar soğlom hujayralarning elektronlarini parçalab, ularga ziyon yetkazadi.
“Erkin radikallarga qarşi kuraşiş uçun tarkibida S vitamini köp mahsulotlarni iste'mol qiling”, – deydi doktor Ostad.
6. Energetik içimliklar







