Britaniyaning Standard Chartered banki tahlilçilarining aytişiça, AQŞning sözsiz iqtisodiy hukmronligi poyoniga yetmoqda.
Xitoy AQŞni iqtisodiy yetakçi mavqeidan mahrum qilişga qodir. Xalqaro savdoda tovarlar uçun narxlar dollarda belgilanadi, biroq bozorning katta qismi yaqin orada yuanda hisob-kitob qilişga ötişi mumkin. Xitoy tomonidan xomaşyoga yuqori talab bunday mahsulotlarning katta qismi sekin-asta xitoy yuanlarida narxlanişiga olib kelmoqda.
Xitoyning dunyo savdosidagi uluşi ösib borayotgani sababli Xitoy yaqinda amerikaça modelga asoslangan yangi tölovlar tizimini kiritdi. Endilikda Pekin va Şanxay orqali moliyaviy oqimlarning katta qismi ötadi, bu Xitoy banklariga hozirda AQŞ dunyo moliyaviy tizimi ustidan ega bölgan hukmronlikni beradi.
Xitoy iqtisodiyoti oldinga harakat qilişda davom etmoqda. Standard Chartered iqtisodçilarining fikriça, Xitoyning hozirgi ösişdagi sekinlaşişiga qaramasdan, mamlakat 2010-2020 yillar davomida yalpi içki mahsulotini 2 barobarga köpaytirib oladi.
Bankning Yevropadagi bölimi boşliği Riçard Xolms bu borada quyidagi fikrlarni keltirib ötdi: “Bugungi kunda AQŞ hisobiga dunyo eksportining 10 foizi töğri keladi, biroq 80 foizdan köproq eksport dollarda amalga oşiriladi va mening fikrimça, vaziyat yaqin orada yuan foydasiga özgarişi kerak, bu esa Amerika hukmronligining tugagani anglatadi. Hozirning özidayoq yuan global savdoda işlatiliş böyiça ikkinçi raqamli valyuta hisoblanadi, vaholanki 5 yil avval undan heç kim foydalanmasdi. Xitoyning dunyo iqtisodiyotidagi ahamiyati ortgan sari, dunyo köproq muvozanatlaşib boradi”.
London metallar bozori mijozlarga yuanlarda baholdangan operatsiyalarni taklif qila boşladi, bu esa Xolmsning fikriça, dunyo iqtisodiyotidagi katta kölamli özgarişlarga start berişi mumkin.
Xitoy iqtisodiy qudratining oşişi va dollar örniga yuan işlatilişi kölamining ortişi Pekinning siyosiy vaznini oşirişi mumkin.
Dollardagi hisob-kitoblar Nyu-York orqali ötgani uçun AQŞ xalqaro tranzaksiyalar uçun öz qoidalarini örnatib, bu qoidalarga boşqa davlatlar banklarini böysundirib olgan. Xitoy valyutasi nufuzi oşgani sari Pekin şunday hukmronlikni öz qöliga olişi mumkin.
“Men aminmanki, Rossiya xitoyliklarga dollarga emas, balki yuanga neft eksport qilişdan juda xursand böladi”, deb aytmoqda Xolms.
Standard Chartered mutaxassislarining fikriça, Xitoyning iqtisodiy ösişi sekinlaşganiga qaramasdan, Xitoy iqtisodiyoti ösişi sur'atlari yiliga 5-7 foiz darajasida saqlanmoqda, bu esa rivojlanayotgan bozorlarni rağbatlantiradi.






