Virgin Media telekommunikatsion kompaniyasi Britaniyaniing Çeşam şahrida trotuar orasiga örnatiladigan Wi-Fi’dan foydalaniş loyihasini amalga oşirmoqda. Bu haqda kompaniyaning blogida ma'lum qilindi.

Wi-Fi’dan bepul foydalaniş imkoniyatiga Çeşamning 21 ming kişini taşkil qiluvçi butun aholisi ega bölişi mumkin.

Qurilma yuklamalarga bardoşli bölgan “aqlli” plitkaga örnatilib, u trotuarga joylaştiriladi va optik-tolali tarmoqqa ulanadi. Hozirda Wi-Fi’dan şahar markazidagi köçalar va bekatlarda hamda şahar boğida foydalaniş mumkin. Ma'lumotlar almaşiş tezligi soniyasiga 166 Mb ni taşkil qiladi. Tarmoq bilan qamrab oliniş har yili 60 foizga oşib boradi, deyilmoqda kompaniya blogida.