Qozoğistonning Olma-Ota şahridagi ixtisoslaştirilgan tumanlararo sudi fuqaro V.Yu.Zaytsevga nisbatan jinoiy işni körib çiqdi, deya xabar qildi Kazinform.
Sud hukmiga köra, V.Yu.Zaytsev oilaviy kelişmovçilik tufayli özining keksa yoşli onasiga piçoq bilan öqtalib, unga bir neça marotaba tan jarohati yetkazgan. Olingan tan jarohati sababidan uning onasi voqea joyida vafot etgan.
“Jinoyatçi onasining jasadini qoldirib, voqea joyidan yaşiringan. Bundan avvalroq esa uning 70 ming tengesi bölgan tölov kartasini öğirlab olgan”, - deya xabar qildi sud matbuot xizmati.
Sud hukmiga binoan, jinoyatçi 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.






