«Özbekfilm» kinostudiyasi direktori özgardi. Kinostudiya direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçi Zamir Arinov örniga 15 oktabrdan e'tiboran Komiljon Şamsiddinov direktor vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi. Komiljon Şamsiddinov şu vaqtgaça «Özbekkino» Milliy agentligi Ilmiy-ommabop, hujjatli kino va videofilmlar ssenariylarini tayyorlaş bölimi boşliği sifatida işlab kelayotgan edi.

Yana bitta muhim yangilik. «PROlogue» festivali uçun arizalar qabuli yakuniga yetdi. Havaskor va professional yoş kinoijodkorlardan 60 ga yaqin arizalar kelib tuşdi. Saralaş — 31 oktabrgaça, filmlar namoyişi — 16-20 noyabrda, taqdirlaş — 21 noyabrda. Festival doirasida yana bir ma'lumot — tadbir logotipi Lazizbek Hamidov tomonidan işlab çiqilgan. Biz undan çeksiz minnatdormiz!

23 oktabrda premera. Qizlarni erta turmuşga beriş illati haqidagi «Tubanlik», diniy aqidaparastlarning aldoviga işonib, ularning ta'siriga tuşib qoliş haqidagi «Aldangan ayol», «Odnoklassniki.ru», Vatanni, qaysidir ma'noda, sotib ketib, hozir musofirçilikda ming bir azob yaşayotganlar haqidagi «Gumrohlar» filmlaridan söng rejissyor Hilol Nasimov noqonuniy migratsiya haqida «Ajal jodusi» nomli badiiy film suratga oldi.