19 oktabrdan 22 oktabrga qadar Latviya Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qiliş va mintaqaviy rivojlaniş vaziri K.Gerxards boşçiligidagi toza texnologiyalar sohasidagi tadbirkorlar delegatsiyasining Özbekiston Respublikasiga taşrifi bölib ötadi. Bu haqda Özbekiston respublikasi tabiatni muhofaza qiliş qömitasi saytida xabar qilingan.

Taşrifning maqsadi iqtisodiyotni ekologizatsiya qiliş, ekologik toza texnologiyalarni tatbiq etiş, suvlarni tozalaş, çiqindilarni qayta işlaş hamda utillaştiriş sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yönalişlari böyiça özaro fikr, tajriba almaşiş hisoblanadi.

Latviya delegatsiyasining Respublikasiga taşrifi doirasida vazirlik va idoralar, xususan, Özbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, "Özbekiston temir yöllari" aksiyadorlik jamiyati rahbar şaxslari bilan qator uçraşuvlar, şuningdek, ekologik toza texnologiyalar sohasida özaro tajriba almaşiş böyiça amaliy seminarni taşkillaştiriş rejalaştirilgan.