Germaniyalik sobiq futbolçi Frants Bekkenbauer ham FIFA tizimidagi poraxörlik mojarosiga aralaşganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Bild naşrida yozib çiqildi.

FIFA axloq qömitasi 21 oktabr kuni "qora röyxat"ni e'lon qilişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, ötgan haftada Spiegel naşri 2000 yilda Adidas rahbari sifatida işlagan Robert Luis-Dreyfus tomonidan Germaniya taşkiliy qömitasiga 10,3 mln şveysar franki (öşa vaqtdagi kurs böyiça 7,6 mln dollar) miqdoridagi mablani ötkazib bergani haqida yozib çiqqandi.

Aynan şu mablağlar FIFAning ijroiy qömitasi a'zolari bölgan 4 nafar şaxs örtasida taqsimlangani aytilmoqda.

Bu iş böyiça Frants Bekkenbauer hamda Germaniya futbol federatsiyasining amaldagi prezidenti Volfgang Nirsbax ham javobgarlikka tortilişi mumkin.

Frants Bekkenbauer özining poraxörlik işiga aralaşgani böyiça gumonlarni rad etmoqda.