BlackBerry kompaniyasi YouTube videoxostingida özining birinçi Android-smartfoni Priv’ning rasmiy videoroligini joylaştirdi. Şuningdek, uning xarakteristkasi haqda ham ma'lumot berib ötdi. Yangilik 5,4-dyuymli QHD-displey (2560x1440) va Qualcomm Snapdragon 808 prossesoriga ega.

Qurilma, şuningdek, 3410 mA*ç siğimli akkamulyator, 32 GB fleş xotira, 3 GB tezkor xotiraga ega. Priv’ning asosiy kamerasi 18, old kamerasi esa 2 mp. li.

BlackBerry avvalroq BES12 platformasi qöllab-quvvatlaydigan Android for Work tizimida işlaydigan Priv smartfoni eng yaxşi mahsulot bölişi haqda ma'lum qilgan edi. Şu bois undan foydalanuvçidar endilikda Google Play Store dökonidan Android-ilovalarni bemalol yuklab olişlari mumkin böladi.