Intel kompaniyasi xodimlari yangi avlod iPhone smartfonlari uçun Qualcomm kompaniyasi LTE-modemining muqobili ustida iş olib bormoqdalar.
Intel yangi LTE Cat. 10’ni qöllab-quvvatlovçi yangi XMM 7360 chip-modemini işlab çiqmoqda. Bu chip-modem ma'lumotlarni 450 Mbit/soniya tezlik bilan yuklab olişni ta'minlaşga qodir. Manbaning ma'lum qilişiça, uşbu chip-modem ustida Intel’ning minglab xodimlari iş olib bormoqda. Apple va Intel örtasida bitim agar Intel çipning e'lon qilingan körsatkiçlariga erişa olsagina tuziladi.
Manbaning xabar berişiça, Apple özida A seriyasidagi protsessor va LTE-modemni saqlovçi “çipda tizim” (system-on-a-chip, SoC) yaratilişiga qiziqiş bildirmoqda. Yangi avlod iPhone 6s smartfonida datçiklardan olingan ma'lumotlarni qayta işlaş uçun möljallangan M9 coprotsessori A9 protsessoriga örnatilgan. Şu tariqa, agar Apple kompaniyasi Intel’ning LTE-modemidan foydalana olsa, kelgusida Intel kompaniyasi Apple qurilmalari uçun protsessorlar işlab çiqariş bilan şuğullanişi mumkin.






