Içki işlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, namanganlik Mahmud ismli şaxsga tegişli “VAZ-2107” rusumli maşinasi qançalik tez öğirlab ketilgan bölsa, xuddi şunday topilib, egasiga qaytarib berilgan.

Aytilişiça, Mahmud bir kuni uyda hujjatlarni unutib qoldirib, uyga ertaroq qaytib kelgan. Öz uyining darvozasi oldiga maşinani qöyib, içkariga kirib ketgan. 10 daqiqa içida hujjatlarini olib çiqquniga qadar maşina ğoyib bölgan.

Uning murojaati asosida ötkazilgan tezkor tadbir davomida maşina tezda topilib, egasiga qaytarilgan. Bu jinoyatni ilgaridan maşina olib qoçiş bilan şuğullanib kelgan va buning uçun turmada ötirib çiqqan 36 yoşli Ahmad ismli retsidivist sodir etgani aniqlandi.