Berlinda rapida yönalişi böyiça turnirdagi iştirokini yakunlaşi bilanoq Vengriyadagi Gorts kubogi («Highlander Kupa 2015″) turnirida bahslarga kirişgan özbekistonlik grossmeyster uşbu turnirni muvaffaqiyatli tarzda ötkazdi.

19 oktabr kuni Budapeşt şahrida bölib ötgan uşbu musobaqa maşhur şaxmatçi Yudit Polgar tomonidan taşkil qilindi.

Yarim final juftliklarining birinçisida 16 yoşli vengriyalik şaxmatçi Gledura Benjamin (2513) va sobiq jahon çempioni Anatoliy Karpov duç kelişdi. Ikkinçi yarim final juftligida esa 2004 yilda jahon çempioni bölgan Rustam Qosimjonov

Olimpiadada kumuş medal sohibi bölgan yana bir vengriyalik şaxmatçi Çabu Baloga bilan bahs olib bordi.

Ma'lum qilinişiça, finalda Rustam Qosimjonov va Gledura Benjamin röbaro‘ kelgan. Finalda Özbekiston vakili özining yoş raqibini 3:1 hisobida mağlub etib, 6 mln florint (22 ming dollar) mukofotga ega bölgan.