Samarqand şahrining köpgina mahallalarida 3 kundan buyon tabiiy gaz ta'minoti tölaligiça uzilib qolgan. Bu haqda samarqandlik jurnalist Toşpölat Rahmatullayev ma'lumot berdi.

Aytilişiça, şahar gaz ta'minoti korxonasiga tinimsiz ravişda mijozlar kelib, gaz talab qilmoqda. Lekin gaz uzatilayotgan xonadonlarda ham u juda past bosim ostida kelmoqda.
Ta'kidlanişiça, yoz oylarida ham köpgina mahallalarda tabiiy gaz yöq edi. Ilgari qiş mavsumida gaz ta'minotida uzilişlar va muammolar kuzatilardi, endi esa ozgina yomğir yoğişining yozi ta'minotning uzilişiga olib keldi. Şaharliklar bundan keyin nima bölişini bilmay xavotirda.

Şahar gaz ta'minoti korxonasi vakillarining ta'kidlaşiça, ob-havo şaroitining yomonlaşuvi muammolarni keltirib çiqarmoqda. Şaharga oldingi miqdorda gaz berilmoqda, ammo sarf köpaygani bois bosim tuşib ketgan. Ta'kidlanişiça, “Öztransgaz”ga xat yuborilib, şahar va viloyatga uzatilayotgan gaz miqdorini oşiriş söralgan. Viloyat miqyosida qaralsa, köpgina qişloq tumanlariga tabiiy gaz qişin-yozin uzatilmayapti.

“Fuqarolarning munosib yaşaş huquqi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan: inson va uning qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi. Bu haqda va yuqorida tilga olingan hujjat haqida “Öztransgaz” AJ va uning mahalliy bölinmalari biladimi?”, - deb maqolasini yakunlaydi jurnalist.