20 oktabr kuni özbekistonlik söz ustasi Şukrullo Isroilov özining tönğiç öğlini uylantirdi. Töy marosimi poytaxtimizdagi Osiyo Grand töyxonasida bölib ötdi.

“Mirzo” estrada teatri aktyori, qiziqçi Şukrullo Isroilov ikki öğil, bir qizni voyaga yetkazmoqda. Ular içida eng tönğiçi – Xumoyunning kuni keça bölib ötgan nikoh töyida Özbekiston Xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova va boşqa köplab yurtimizning közga köringan san'atkorlari iştirok etdi.

Obid Asomov, Mirzabek Xolmedov va “Mirzo” teatri aktyorlari esa keçada mezbon sifatida qatnaşdi. 18 oktabr kuni esa Yakkasaroy töyxonasida şu munosabat bilan elga oş berilgan edi.

Şukrullo Isroilov 1970 yil 14 yanvarda dunyoga kelgan. Musiqa maktabida rubob yönalişida tahsil olganidan söng Toşkent san'at (Teatr fakulteti) va Şarqşunoslik institut (Xalqaro fakultet)larini tamomlagan. San'atdagi faoliyatini 1982 yildan boşlagan. Şu vaqtga qadar AQŞ, Rossiya, BAA va boşqa köplab davlatlarga gostrol safarlarini uyuştirgan.



Suratlar Obid Asomov va Xalima Ibragimovaning "Instagram" ijtimoiy tarmoğidagi sahifalaridan olindi






