Toşkentda iste'molçilarning pullarini özlaştirib kelgan elektr korxonasi xodimi qölga olindi. Bu haqda “Ogoh” naşri yozmoqda.
1984 yilda tuğilgan Orif Zohidov 2008 yildan buyon tuman elektr tarmoqlari korxonasi nazoratçi lavozimida işlab kelgan. Şu vaqt içida u köplab iste'molçilarni aldab kelgani aniqlandi.
Zohidov quyidagi sxema böyiça işlagan: elektron hisoblagiçlarning körsatkiçlarini köpirtirib körsatib, iste'molçilarni qörqitgan, kattakon jarimaga tortilişi aytgan. Söng “işni yengillatib beriş” bahonasida undan pul olgan va hisoblagiç körsatkiçlarini özgartirib bergan, tegişli hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritgan.
Jumladan, şu yil boşida Nigina Nömonovaning uyiga taşrif buyurib, uning davlatdan 1.5 mln söm qarzi borligini aytgan, “masalani hal qiliş” uçun 150 dollar söragan. Uning harakatlari noqonuniyligi tuşungan ayol tegişli idoralarga murojaat qilgan. Natijada Orif Zohidov undan 150 dollar olayotganida jinoyat ustida uşlangan.






