Toşkent şahridagi “Özekspomarkaz”da “Markaziy Osiyo sanoat haftaligi – Central Asian Industrial Week – 2015” xalqaro loyihasi doirasida yettita ixtisoslaştirilgan körgazma bölib ötmoqda. 

Uşbu tarmoqlararo loyiha har yili ma'lumot almaşiş va munosabatlarni kengaytiriş, Özbekiston bozoriga yangi xalqaro iştirokçilarning kirib kelişi uçun qulay maydonga aylangan.

Joriy yilda körgazmalar toğ-kon işi, metallurgiya, maşinasozlik, qöriqlaş va xavfsizlik, polimerlar sanoati, poligrafiya va qadoqlaş singari yönalişlarni qamrab oldi. Körgazmalarda Özbekiston, Avstraliya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Xitoy, Çexiya, Janubiy Koreya kabi dunyoning 21 mamlakatidan 110 dan ortiq kompaniya vakillari iştirok etmoqda.

Öninçi marta ötkazilayotgan “Toğ-kon işi – Mining World Uzbekistan – 2015” xalqaro körgazmasiga ekspozitsiyada markaziy örin ajratilgan. Mamlakatimizning kon-metallurgiya sanoati salohiyati va yutuqlarini namoyiş etişga xizmat qiladigan uşbu körgazmada sohaning yetakçi işlab çiqaruvçilari va mutaxassislari iştirok etmoqda.
Körgazma stendlarida konçilik va toğ-kon qayta işlaş kompleksi uçun möljallangan keng turdagi xizmat hamda texnologiyalar taqdim etilgan. “Atlas copco compressors and mining technique” Şvetsiya – Özbekiston qöşma korxonasining kon-şaxta asbob-uskunalari, Italiyaning yetakçi “Saer Elettropompe Spa” kompaniyacining sanoat va maişiy nasoslari, “Scantech” kompaniyacining (Avstraliya) sanoat analizatorlari, Xitoyning “Zhengzhou Kefid Machinery” kompaniyasi maydalaş qurilmalari va boşqa köplab tovarlar şular jumlasidan.

Körgazma doirasida “ÖZGeOINVeST – 2015” Özbekiston Respublikasining qattiq foydali qazilma boyliklarini işlab çiqariş va qazib oliş böyiça investitsiya salohiyatiga bağişlangan xalqaro konferensiya ham ötkaziladi. Uning Özbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi tomonidan taşkil etiladigan taqdimotida mamlakatimiz geologiya tarmoğida amalga oşirilayotgan islohotlar va investitsiya loyihalari, yurtimizdagi konlar haqida atrofliça ma'lumot beriladi. 

“Kimyo sanoati – Chemie Uzbekistan – 2015” va “Plastmassa sanoati – Plastex Uzbekistan – 2015” xalqaro körgazmalarida kimyo va polimerlar tarmoğining sönggi yutuqlari namoyiş etilmoqda.

Kimyo sanoati iqtisodiyotimizning yetakçi tarmoqlaridan biridir. Uşbu tarmoq yuksak işlab çiqariş, xomaşyo va ilmiy-texnik salohiyatga ega ekani uni jadal rivojlantirişda asos bölib xizmat qilmoqda. Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma'lumotlariga köra, Ustyurt gaz-kimyo majmuasining işga tuşirilişi bilan 2020 yilda polietilen işlab çiqariş hajmi 4,1 barobar oşadi.