«Transaero» aviakompaniyasi aksiyalari Moskva birjasining kompaniya aksiyalari savdosi yölagini oşiriş haqida qaror qabul qilganidan söng 186,76 foizga qimmatlab, har bir aksiya narxi 19,5 rublga yetdi. Bu töğrida savdolar yakunlari haqidagi ma'lumotlar guvohlik bermoqda.
“Qimmatbaho qoğozlar bozorida xatar-parametrlarni aniqlaş uslubiga muvofiq, Moskva birjasi «Transaero» qimmatbaho qoğozlari narx yölagining yuqori çegaralarini özgartirdi (19,5 rublgaça)”, - deyiladi savdo maydonçasi xabarida.
Mazkur ösişga S7 aviakompaniyasining «Transaero» nazorat aksiya paketini sotib oliş fikrida ekani töğrisidagi xabarlar sabab böldi.
Avvlroq S7 guruhi boş direktori Vladislav Filev hamda «Transaero»ning yirik aksioneri Aleksandr Pleşakov «Transaero»ning 51 foizdan kam bölmagan aksiyalarini S7 aksionerlariga sotiş töğrisidagi şartnomani imzolagan edi.






