Yaqinda Afğoniston hududida sodir bölgan voqealar Turkmaniston-Özbekiston sammitida atrofliça muhokama qilindi. Tahlilçilarning fikriça, voqealar Turkmaniston çegarasiga bevosita yaqin hududlarda sodir bölgani bois har ikki tomon ham bu muammoga katta e'tibor qaratgan.

Bundan taşqari, 7-8 oktabr kunlari Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Toşkentda özbekistonlik hamkasbi Islom Karimov bilan uçraşuv ötkazdi.
Aytilişiça, Turkmaniston siyosatçilarining faollaşib qolgani Afğonistonning Faryob viloyatida sodir bölgan töqnaşuvlardir. Tolibon harakatining Turkmaniston çegarasiga yaqinlaşib qolgani jiddiy taşviş uyğotmoqda, deb hisoblaydi siyosatşunoslar.

2014 yili çegaradagi töqnaşuvlarda Turkmanistonning 6 harbiy xizmatçisi halok bölgandi.
Ayni paytda Turkmaniston vakillari bu borada heç qanday rasmiy ma'lumot berişmayapti.

 

manba: Central Asia Online