Suriya prezidenti Başar Asadning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralari deyarli 3 soat davom etdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
“Ular umumiy hisobda deyarli 3 soat suhbatlaşişdi”, deb aytdi Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Peskov Suriyada muddatidan avval prezidentlik saylovlari ötişi mumkinligiga izoh bermadi.
21 oktabrda Dmitriy Peskov Başar Asadning Moskvaga taşrif buyurgani haqida ma'lum qilgan. Xabar taşrif yakunlangandan keyin taqdim qilingan.
Putin Asadning taşrifi yakunlari haqida Turkiya, Saudiya Arabistoni, Iordaniya va Misr rahbarlariga xabar bergan.






