Tayvanning HTC işlab çiqaruvçisi HTC One A9 smartfonini rasman taqdimotini ötkazdi, deb ma'lum qilmoqda The Verge.
Kompaniyaning ma'lum qilişiça, smartfon HTC One M9 ning örniga emas,balki uni töldiruvçi bölib xizmat qiladi. Apparat 7,62 mm.yupqalikka ega töliq allyumen qoplamaga ega böldi.
Smartfon 5 dyuymli AMOLED li FullHD (1920x1080) displeysiga ega. Old paneli Gorilla Glass 4 şişalari bilan himoyalangan. Işlab çiqaruvçilarning ma'lum qilişiça, qurilma sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 617 prossesorida işlaydi. Ularning törttasi 1,5 GGts va yana törttasi 1,2 GGts çastotani qöllab-quvvatlaydi. Tezkor xotirasi 2 Gb, fleş xotirasi esa 16 Gb dan iborat.
Smartfonning asosiy kamerasi 13 Mp, old kamerasi esa 4 Mp dan iborat.



















