Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Özbekiston dehqonlari va fermerlari, barça mehnatkaşlariga tabriknoma yölladi.
Özbekiston Prezidenti Islom Karimov dehqon va fermerlar, suvçi, agronom va mexanizatorlarni, barça dala mehnatkaşlarini ğalla, paxta va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş böyiça şartnoma majburiyatlarini ado etgani bilan tabrikladi, deya xabar qiladi ÖzA.
«Öz hayotini dunyodagi eng maşaqqatli va olijanob işga bağişlagan sizdek fidoyi insonlarning yil böyi ter tökib qilgan mehnatingiz hisobidan joriy mavsumda 7 million 300 ming tonna ğalla, 3 million 350 ming tonnadan ziyod paxta yetiştirişga, şuningdek, pillaçilik, çorvaçilik, meva-sabzavot va boşqa tarmoqlar böyiça ham belgilangan rejalarni muvaffaqiyatli bajarişga erişganimiz hammamizga katta xursandçilik yetkazadi», — deyiladi tabriknomada.
«Bugungi mana şunday quvonçli kunda 2015 yilning biz uçun har tomonlama xosiyatli va omadli kelgani, yölimizni özi oçib berayotgani uçun avvalo Yaratganimizga şukronalar aytişimiz ham qarz, ham farz, deb bilaman», — dedi Prezident.
Islom Karimovning ta'kidlaşiça, «bu yilgi mavsum ham turli taşvişlardan xoli bölmagani, ayniqsa, mart oyida kutilmaganda qor yoğişi, qattiq sovuqlar, yoz oylarida havo harorati ilgari heç qaçon kuzatilmagan darajada yuqori bölib, ayrim hududlarda 45 darajagaça yetgani katta qiyinçilik va muammolar tuğdirib, qişloq mehnatkaşlarining irodasini yana bir bor jiddiy sinovdan ötkazdi».
«Köpni körgan, azmu şijoatli va matonatli dehqonlarimiz ana şunday qiyinçiliklarni mardona yengib, kunni — kun, tunni — tun demasdan, har tup ekin atrofida parvona bölib, möl hosil yetiştirişga erişgani, heç şubhasiz, har qanday tahsin va tasannoga munosibdir», — deya ta'kidladi davlat rahbari.
2015 yilgi mavsum natijalari haqida gapirar ekan, Prezident şunday dedi: «Mamlakatimiz qişloq xöjaligi tarixiga yorqin sahifa bölib kiradigan bu yilgi mavsumning yuksak natijalari haqida gapirar ekanmiz, buning zamirida avvalambor çuqur öylangan, uzoqni közlab amalga oşirilayotgan islohotlar, agrar soha rivojini zamonaviy bosqiçga kötariş, fermerlik harakatiga keng yöl oçib beriş böyiça olib borayotgan strategik yölimiz mujassam ekanini ta'kidlaş örinlidir».
«Bugungi kunda yer özining haqiqiy egasini topib, fermerlik harakati qişloqlarimiz taraqqiyotida hal qiluvçi kuç bölib maydonga çiqayotgani, dalada işlaydigan har bir odamda öz mehnatidan manfaatdorlik hissiyoti kuçayib, ularning kelajakka işonçi yanada mustahkam bölib borayotgani — bularning barçasi nafaqat qişloq xöjaligini, balki butun hayotimizni tubdan özgartirmoqda» — dedi Islom Karimov tabrigida.






