AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri 2 noyabr kuni Qozoğistonga rasmiy taşrif bilan keladi. Bu haqda Qozoğiston davlat rahbari matbuot kotibi Dauren Abayev ma'lum qildi.
Jon Kerri Qozoğistonga safari davomida mamlakat prezidenti va taşqi işlar vaziri bilan uçraşadi hamda strategik hamkorlik komissiyasi yiğilişida iştirok etadi.
Abayevning ta'kidlaşiça, şu kunning özida Nursulton Nazarboyev Buyuk Britaniyaga jönab ketadi.
10 kunlik safari davomida Nazarboyev Britaniya boş vaziri Devid Kemeron bilan ikki tomonlama munosabatlar borasida muzokaralar olib boradi. Bunda asosan Qozoğistonning Jahon savdo taşkilotiga kirişi masalasi muhokama qilinadi.
Qozoğiston rahbari şuningdek, qiroliça Yelizaveta II bilan hamda Britaniya işbilarmon doira vakillari bilan uçraşadi.
Şuningdek, Nazarboyev Londondan Fransiyaga yöl oladi va 5 noyabrda Fransua Olland bilan hamda Fransiya işbilarmon doira vakillari bilan uçraşişi rejalaştirilgan.
Bundan taşqari YuNeSKO boş direktori bilan uçraşib, taşkilot boş konferensiyasida çiqiş qilişi kutilmoqda.
Nazarboyev 26 oktabr kuni Qatar amiri taklifiga köra, Dohaga safar qiladi va 27 oktabrda Ostonaga qaytib, özining Markaziy Osiyo böyiça safarini boşlagan Yaponiya boş vazirini qabul qiladi.






