Chevrolet kompaniyasi Spark kompakt xetçbekining maxsus versiyasi —RS nomini olgan maşinani taqdim etdi. Uşbu yangilik Las-Vegasda ötadigan SEMA tyuning-şousida özining şiddatkor körinişi bilan qatnaşişi közda tutilgan.

Chevrolet Spark RS kabonatli orqa splitterga, şuingdek, şu materialdan tayyorlangan orqa bamperga va qora-kulrang rangga ega böldi. bundan taşqari, xetçbek 17-dyuymli ğildirak disklariga ega bölib, uning bu tuzilişi Corvette superkariga öxşab ketadi.

Texnik işlanmalar haqda aniq fikrlar bildirilmagan. Chevrolet Spark RS 94 ot kuçiga ega 1,4-litrli benzin motor bilan jihozlanişi kutilmoqda.

Kontsept Çevrolet`ning Amerika va Janubiy Korea dizayn-studiyasi tomonidan şakllantirilgan. Kompaniyadagilarning ma'lum qilişiça, Spark RS turkumining omma qabul qilişiga qarab, uşbu seriyadagi maşinalar işlab çiqarilişi boşlanadi.