Facebook ijtimoiy tarmoği mutaxassislari iOS uçun möljallangan ilovalardagi smartfon quvvatining tezda tugab qolişiga sabab bölayotgan nosozlikni bartaraf etişdi. Yangilangan ilova tez orada App Store`da paydo böladi.
Bu haqda kompaniya vakili Ari Grant öz sahifasida ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, kodlardagi xatolik smartfon protsessorini “yetib keldikmi”, deb tinimsiz takrorlayveradigan bolaga öxşatib qöygan va köp quvvat sarflanişga sabab bölgan.
Şuningdek, musiqa eşitiş yoki video tomoşa qilişdan keyin iOS bazasidagi qurilma göyoki ovozi öçirilmagandek fon rejimi (protsessor faqatgina haqiqiy vaqt rejimida işlaydigan vazifalardan böş bölganda, amaliy jarayonlarni bajarişi)ga ötmay turavergan.
NBC xabariga köra, foydalanuvçilar ortiqça energiya sarfiga ular turgan joyini kuzatişayapti, degan gumonga borişgan, biroq Grant mazkur xavotirni inkor qildi.
Facebook vakili foydalanuvçilardan uzr sörab, Android qurilmalarida bunday nosozlik mavjud emasligini qöşimça qildi.
Facebook iPhone ilovasidagi xatolikni bartaraf qildi
14:31 / 23.10.20153 5242 min






