Bugun, 23 oktabr kuni braziliyalik afsonaviy futbolçi, Pele nomi bilan tanilgan Edson Arantis du Nasimentu 75 yoşini qarşiladi.
Uç marta jahon çempioni bölişga erişgan dunyodagi yagona futbolçi hisoblanmiş Pele 1940 yilning 23 oktabrida Braziliyaning Tres-Korasoyns şaharçasida (Minas-Jyerays ştati) kambağal oilada dunyoga kelgan.
Uning ilk murabbiyi öz otasi Dondino bölgan. Edson 7 yoşga tölganida mahalliy bolalar futbol klubiga a'zo bölgan. Bu jamoada uni Braziliya termasida ham işlagan Valdemar de Brito şuğullantirgan. Bu murabbiy yoş iste'dodni "Santos" jamoasiga taklif qilgan va Edson 15 yoşida Braziliyaning eng yetakçi jamoasi safiga qöşilgan.
1956 yilning sentabrida Pele jamoa safida ilk uçraşuvini ötkazgan va "Korintians" jamoasiga qarşi bu öyinda ilk golini ham nişonlagan. 1956 yildan 1974 yilgaça "Santos" safida qolgan Pele 11 marta San-Paulu ştati çempionligini, 6 marta Braziliya kubogini va 2 martadan Libertadores kubogi hamda Qit'alararo kubogini qölga kiritgan.
U ilk marta 1958 yilda Şvetsiyadagi jahon çempionatida iştirok etgan. Bu vaqtda u 17 yoşda edi. U turnirning çorak finalida Uels darvozasiga hal qiluvçi golni urgan. Yarim finalda Fransiya terma jamoasi darvozasiga 3ta gol yöllagan. Finalda esa uning 2ta goli Şvetsiya terma jamoasi ustidan ğalabani ta'minlagan. Şu tariqa u jahon çempioniga aylangan eng yoş futbolçiga aylangan.
1962 yilda ham jahon çempioni bölgan Pele 1966 yildagi jahon çempionatini jarohat tufayli ötkazib yuborgan. 1970 yilgi JÇda esa u yana özini körsatgan. Finalda Meksika mağlub etilgaç, u 3 marta jahon çempioni bölgan ilk futbolçiga aylandi.
U 1977 yilgaça terma jamoada faoliyat körsatdai va 92ta öyinda 77ta golga mualliflik qildi.
1975 yilda "Santos"ni tark etgan Pele AQŞda "Nyu-York Kosmos" jamoasida öynay boşlaydi va 2 mavsum ötkazadi.
U özining butun futbolçilik faoliyati davomida 1363ta öyinda maydonga tuşib, 1289ta gol urgan, 92ta xet-trik qayd etgan.
2002 yilda u 1979 yilgi JÇ vaqtida kiyib yurgan sviter auksion orqali 220 ming 850 dollarga pullangan.
Pele Xalqaro olimpiya qömitasi tomonidan 20 asrning eng yaxşi sportçisi sifatida tan olingan. FIFA uni asrning eng yaxşi hujumçisi sifatida e'tirof etgan. U şuningdek, turli jurnallar versiyasiga köra (World Soccer, France Football, Guerin Sportivo, Placar) asrning eng yaxşi futbolçisi deya tan olingan.






