“Barselona” hujumçisi jarohatlari borasida bir qança savollarga javob berib ötdi.
Mağlubiyatni qarşi oliş
“Men mağlubiyatni oldin qanday qarşi olsam, hozir ham şunday qarşi olaman. Özi azaldan yutqazişni yomon köraman. Uyga qaytgaç, öğlimning oldida uyalaman”.
Futbol olamidagi haqiqatga aylantirilgan yolğonlar
“Biz tezligi soatiga 1000 km. bölgan jamiyatda yaşayapmiz. Borgan sari ösib, taraqqiy etib borayotgan futbol içida ham şunga öxşaş gap-sözlar yetarliça topiladi.
Kriştianu Ronaldu bilan bir davrda töp suriş uning rivojiga hissa qöşadimi?
- Odamlar bu haqda gapirişyapti. Men Ronaldu bilan raqobatga kirişmayman va öylaymanki, u men bilan raqobatlaşa olmaydi. Men öz jamoamdagi eng yaxşisi bölişni istayman va şuning uçun harakat qilyapman.
Argentinalik futbol muxlislari haqda
- Aksari argentinaliklarning ehtirosini hisobga olib şuni aytişim mumkinki, ular mamlakatdan çiqqan har qanday sport yulduzini juda yaxşi körişadi. Ammo ularni haqorat qiladigan va qadriga yetmaydigan odamlar ham uçrab turadi.
Orzular haqda
- Men orzu qilmayman. Men öz oilam bilan baxtli yaşaşni istayman. Albatta, menda öziga yaraşa işonç va intiliş bor. Ammo bu öta şaxsiy masala.






