Suriya prezidenti Başar Asad Moskvaga uyuştirgan sönggi safari çoğida özini beş yil avvalgidek xotirjam tutdi. Bu haqda Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev öz feysbukida yozdi.

“Uni sönggi bor 2010 yil may oyida Damaşqqa bölgan safarimda körgan edim. Öşanda Suriya butunlay boşqaça mamlakat edi – sokin va rivojlangan. 2011 yildan suriyaliklar hayoti daxşatga aylandi: uruş, terror, ölim, diniy qadamjolar va dunyo ahamiyatiga molik yodgorliklarning vayron etilişi.

Qayd etişni istardimki, yillar ötganiga qaramasdan prezident Asad Moskvaga uyuştirgan sönggi safari çoğida beş yil avvalgidek xotirjam va vazmin edi”, - dedi Medvedov. Boş vazirining qöşimça qilişiça, Rossiya heç qaçon Suriya masalasidagi öz pozitsiyasini özgartirmaydi va faqat qonuniy hukumatni qöllab-quvvatlaydi.

Eslatib ötamiz, Suriya prezidenti Başar Asad 2015 yil 20 oktabr kuni Moskvaga taşrif buyurib, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralar ötkazdi. Uçraşuvda Rossiya oliy rahbariyatining vakillari kengaytirilgan tarkibda muzokaralarda iştirok etgan.