Özbekiston yaqin 5-7 yil içida uranning mineral-xomaşyo bazasini bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş hisobiga ançagina oşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Özbekiston Davlat geologiya qömitasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Sputnik naşri xabar bermoqda.

Manbaning aytişiça, bugungi kunda Özbekiston uran zahiralari böyiça birinçi öntalikka kiradi, 2014 yilda uni qazib oliş böyiça 12-örinni egallagan.

“Respublikada uran qazib oliş yer osti işqor bilan yuviş kabi samarali va ekologik toza usul bilan amalga oşirilmoqda. Uran bilan birga reniy, skandiy, selen, noyob elementlar olinadi”, deb ta'kidlamoqda manba.

Hozirda uran qidiriş işlari Jasağin, Mullalin, Şimoliy-Töxtin, Jongeldi, Ğarbiy-Ziyovuddin maydonlarida, Zirabuloq-Ziyovuddin toğlari va Şarqiy Baxala hududlarida olib borilmoqda.

Bundan taşqari, Özbekiston uçun noan'anaviy uran ma'danlaşuvining qora slanetsli va gidrotermal turlari geologorazvedkasi boşlangan.