8 oktabr kuni Moskvada GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan yangi Ravon brendi avtomobillarining narxlari e'lon qilindi. Bu haqda «Carzone.uz» ma'lum qildi.
Ravon Nexia R3 modeli Chevrolet Aveo birinçi avlodining qiyofasi özgartirilgan variantidir, yangi sedan xetçbekdan özlaştirilgan old qismi bilan farq qiladi. Yangi Nexia’ning narxi 379 mingdan 529 ming rublgaça.
Maşina gabaritlari: uzunligi – 4330 mm, kengligi – 1690 mm, balandligi – 1505 mm, ğildiraklar bazasi – 2480 mm. Avtomobil boşlanğiç komplektatsiyasida gidrokuçaytirgiç va konditsioner yöq. Yukxonasi salondan oçiladi, tumanga qarşi faralari va orqa çiroği, 14 dyuymli ğildirak disklari bor. Optimum versiyasidan boşlab bitta öt oldirgiç kaliti va eşiklar qulfi mavjud. Elegant komplektatsiyasida esa rul gidrokuçaytirgiçi, yukxonani yorituvçi çiroqça, yagona öt oldiriş kaliti va eşiklar qulfi, konditsioner, Clarion CD/MP3 avtomagnitolasi, USB ulagiç, 4 kolonka hamda bamper kuzov rangiga böyalgan böladi.
100 km/s tezlikka erişişi uçun 11,9 soniya talab qilinadi, 100 kmga şahar içkarisida yonilği sarfi 7,7-8 l.
Jihozlaniş darajasidan qat'i nazar yangi Neksiya Rossiya bozorida eng hammabop avtomobillardan biri bölişi kutilmoqda.
Ravon boşqa avtomobillari narxini ham ma'lum qildi: Matiz 314 ming rubl va Gentra 439 ming rubl etib belgilangan.
Eslatib ötamiz, GM Uzbekistan kompaniyasi 8 oktabr kuni Moskvada Uz-Daewoo örniga kelgan yangi Ravon brendi taqdimotini ötkazgan edi.






