WikiLeaks sayti Julian Assanjning qayd etişiça, Google sirli ravişda AQŞ prezidentligi uçun Demokratlar partiyasidan öz nomzodini qöygan Hillari Klintonni qöllab-quvvatlab kelmoqda. Bu haqda De Morgen naşri xabar tarqatdi.

Assanjning sözlariga köra, Google kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi Erik Şmidt Klinton kampaniyasini texnik tomondan qöllab-quvvatlab turibdi.

«Erik Şmidt Barak Obama va Hillari Klinton bilan juda yaqin munosabatda. U sirli ravişda Klintonning prezidentlikka nomzodlik kampaniyasiga yordam berib kelmoqda. Xillarining bu sirli qurolini faqat bir neçtagina odam biladi, xolos», deya ta'kidlab ötgan Assanj telefon qönğirogi orqali.

Şuningdek, Assanj, Google va Facebook AQŞ milliy xavfsizlik xizmatini zarur ma'lumotlar bilan ta'minlab turişini ham qöşimça qilib ötgan.