Ukrainaning Odessa viloyati bojxonasining yangi rahbari Yuliya Maruşevskaya 2014 yil uçun 32 ming 847 griven daromad olganini deklaratsiya qildi. Bu deklaratsiya Odessa viloyati ma'muriyati saytida çop etilgan bölib, Maruşevskaya yaqingaça bu yerda rahbar Mixail Saakaşvilining örinbosari bölib işlagan.

Maruşevskaya daromad manbaini aytmagan, biroq “maoş” bandiga “yöq” ma'nosini anglatuvçi “çiziq” qöygan.

Maruşevskayaning turmuş örtoği Markiyan Protsiv esa ötgan yili 587 ming 95 griven daromad topgan, undan 33 ming 160 grivenni maoşi, qolgani esa tadbikorlik faoliyatidan olingan daromad taşkil qilgan.

Deklaratsiyada Maruşevskayaning körsatişiça, uning na kvartirasi va na yer maydoni, na avtomobili bor. Uning turmuş örtoği 76,1 kvadrat metrlik kvartiraga hamda 2008 yilgi Opel Astra va 2013 yilgi Mazda 6 avtomobillariga ega.

16 oktabrda Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Odessa viloyati bojxonasi rahbarining tayinlanişi masalasiga aralaşişga qaror qilib, 19 oktabrdan unga 26 yoşli Yuliya Maruşevskaya rahbarlik qilişini e'lon qildi.