Professional boksning superoğir vazn toifasida öz janglarini ötkazib kelayotgan özbekistonlik Axror Mirolimov (16-2, 13 KO) bugun, 24 oktabr kuni Jarrel Millerga qarşi ringga kötarildi. Uşbu jang AQŞning Arizona ştati Finiks şahrida taşkil etilgan boks oqşomi doirasida bölib ötdi.

"Olamsport.som" xabariga köra, sakkiz raundga möljallangan jangning uçinçi raundida Mirolimov kuçli zarba ötkazib yubordi va jang muddatidan avval töxtatildi. Mirolimov 108 kg, uning raqibi Miller (15-0-1, 13 KO) esa 127 kg vaznga ega hisoblanadi.

Qayd etlişiça, bu Mirolimov faoliyatidagi ikkinçi mağlubiyat böldi. Ön oltita jangda ğalaba qozongan hamyurtimiz ketma-ket ikkinçi marotaba ringni boşi egik holda tark etdi.

Bundan avval u çempionlik jangida amerikalik Derrik Rossiga (30-9, 14 KO) oçkolar hisobi böyiça yutqazib qöygan edi. Axrorning nokaut bilan qozongan ğalabalari soni 13tani taşkil etadi.