Yaponiya boş vaziri Şindzo Abe 24 sentabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari böylab safari doirasida Tojikistonga yetib keldi.

Tojikiston prezidenti matbuot xizmatining xabariga köra, u şu kunning özidayoq Emomali Rahmon bilan uçraşgan va özaro aloqalarning döstona rivojlanişi masalasida muhokama ötkazgan.

Uçraşuv avvalida Emomali Rahmon Şindzo Abeni Yaponiya boş vazirligiga qayta saylangani munosabati bilan qutlagan va Yaponiya Tojikiston uçun mustaqillikning ilk kunidanoq "işonçli döst" bölib kelayotganini ta'kidlagan.

"Biz sizning davlatingizga muhim hamkor sifatida qaraymiz va siz bilan özaro hamkorlikni yanada rivojlantirişdan manfaatdormiz", deydi E.Rahmon.

Öz navbatida, Abe Afğoniston bilan çegaradoş Tojikistonning Markaziy Osiyodagi muhim strategik örni haqida gapirib, bu davlat Yaponiyaning taşqi siyosatida ham alohida öringa egaligini ta'kidlagan.

"Yaponiya Tojikiston bilan özaro aloqalarni barça sohalarda mustahkamlaşni istaydi", deydi Yaponiya boş vaziri.