Ispaniya çempionatining 9-turida "Selta" öz uyida "Real Madrid"ni qabul qildi. Musobaqa peşqadamlari örtasida keçgan uçraşuv 1:3 hisobida "madridliklar" foydasiga hal böldi. Mehmonlar safida gollarga Ronaldu, Danilo hamda Marselo, mezbonlarning yagona goliga Nolito mualliflik qildi. 

Selta (Vigo) – Real Madrid (Madrid) – 1:3

Gollar:

 Ronaldu, 8 (0:1); Danilo, 23 (0:2); Nolito, 85 (1:2); Marselo, 90+5 (1:3).

Ogohlantirişlar:

 Kabral, 37; Ernandes, 57; Fernandes, 57; Aspas, 57; Nolito, 61 –Vaskes, 52.

Çetlatiş:

 Kabral, 57.

Uşbu natijadan söng "Real Madrid" musobaqa jadvalida 1-örinni saqlab qoldi. 

Şuni ta'kidlaş lozimki, "Barselona" hisobida bitta zaxira uçraşuvi bor. Ular 25 oktabr kuni öz uyida "Eybar"ga qarşi maydonga tuşadi.