Ukrainada qişki vaqt boşlandi.
"112 Ukraina" xabariga köra, Ukrainada 25 oktabr kunidan yozgi vaqt tugab, soatlar vaqti 1 soat ortga surildi.
Eslatib ötamiz, Ukrainada 2015 yil mart oyining oxirgi yakşanbasida yozgi vaqtga ötilgandi.
Ukrainadagi mahalliy saylovlarni ötkaziş aynan 25 oktabrga belgilangandi.
Ma'lumot uçun, Toşkent vaqti – Toşkentni öz içiga olgan 5-soat mintaqasi vaqti. Xalqaro kelişuvga köra, Yer yuzasi şartli ravişda 24 soat mintaqasiga bölingan (360°:24=15°). Nolinçi mintaqa, ya'ni Grinviç meridianidan şarqda 7°30/ şq.uz. bilan 22°30/ şq.uz.dagi meridianlar orasi 1-mintaqa bölsa, 22°30/ va 37°30/ uz.dagi meridianlar orasi 2-mintaqa va h.k. Har bir mintaqa vaqti qöşni mintaqa vaqtidan 1 soatga farq qiladi. T. 68° va 69° şq.uz. oraliğida joylaşganligi sababli, 5-soat mintaqasiga töğri kelsa, Moskva 3-soat mintaqasida joylaşgan. Toşkent vaqti Moskva yozgi vaqtga ötganda 1 soatga, qişki vaqtga ötganda esa 2 soatga farq qiladi.
Şimoliy qutbdan janubiy qutbgaça bitta meridianda joylaşgan nuqtalarda, ya'ni bitta meridiannning hamma joyida vaqt bir xildir. Bu vaqt mahalliy vaqt deb ataladi. Ammo turli geografik uzunliklarda joylaşgan geografik obektlarning vaqti bir-biridan farq qiladi.
1930 yil 16 iyunda qabul qilingan qarorga köra dekret vaqti joriy etilib, soat millari 1 soat oldinga surib qöyilgan edi. Öşa vaqtdan boşlab Özbekistonda vaqt ölçovi 2 mintaqa, ya'ni Toşkent va Samarqand vaqti doirasida olib borilgan, 1991 yil apreldan Özbekiston hukumatining maxsus qarori asosida dekret vaqti bekor qilinib, bir xil mintaqa vaqti qabul qilindi, ya'ni soat millari 1 soat orqaga surildi.
Toşkent vaqti şaharning mahalliy vaqti ham deyiladi. Özbekiston Respublikasi Aloqa töğrisidagi qonunida «Ma'lumotlarni uzatişning texnologik jarayonlarida Özbekiston Respublikasi maydonida hisobga oliş va hisobga oid yagona vaqt – mahalliy vaqt belgilanadi», deyilgan. Özbekiston Respublikasi viloyatlarida vaqt Toşkent vaqti bilan bir xil bölganligi xöjalik işlarini yuritişda ança qulaylik tuğdiradi. Toşkentda havo yöllari, temir yöl va boşqa transport turlarining harakat jadvali mahalliy vaqt bilan tuziladi.






