Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani Ahmadzay Moskvaga murojaat qilib, ularga artilleriya, öqotar qurol va Mi-35 vertolyotlarini yetkazib berişni söradi.

Bu haqda The Wall Street Journal naşri xabar bermoqda. Aytilişiça, rasmiy Kobul AQŞ va uning ittifoqçilari qöşinlarining asosiy qismini mamlakatdan olib çiqib ketişi munosabati bilan Rossiyaga murojaat etişga majbur bölmoqda.

2010-2011 yillarda xorijlik harbiy xizmatçilar miqdori 100 ming kişini taşkil qilgan bölsa, endilikda Afğonistonda ularning miqdori 10 ming kişi bölib qolmoqda.

Şuningdek, rasmiy Vaşington körsatayotgan moliyaviy yordamning sezilarli darajada kesilgani ham Afğonistonga özini muvaffaqiyat bilan himoya qilişga tösiq bölmoqda.