Isroil hukumati IŞID, “Jibhad an-Nusra” va “Abdulla A'zam brigadasi” terrorçilik guruhlarini terrorçilik taşkilotlari röyxatiga kiritişga qaror qildi. Bu haqda “9 kanal” ma'lum qildi.
Isroil hukumati uşbu terrorçilik guruhlarini röyxatga kiritişda Isroil umumiy xavfsizlik xizmati tavsiyalariga amal qildi.
Isroil hududida uşbu guruhlarning faoliyati mamlakat Mudofaa vazirligining 2014 yil 4 sentabrdagi qarori bilan taqiqlangan, biroq ularning terrorçilik taşkilotlari röyxatida yöqligi terrorçilar tarafdorlarini jinoiy javobgarlikka tortişga imkon bermagan edi.






