Yetim qolgan Boksçi laqabli uloqça Avstraliya politsiyasiga işga olindi, deb xabar beradi Mashable portali. U Yangi Janubiy Uels politsiyasining qutqaruv operatsiyalari va bombalarni zararsizlantiriş bölinmasi xodimi sifatida “faoliyat” yuritmoqda.
Boksçi sun'iy ovqatlantiriladi. Uning onasi vafot etganidan söng uni politsiya asrab oldi. Ştat politsiyasi matbuot kotibining ma'lum qilişiça, har keça uloqçaga boşqa-boşqa zobitlar ğamxörlik qiladi.
Uni dastlab zobit Brenton Çarlton keltirdi. U birinçi kunning özidayoq barçaga yoqib qoldi. Endilikda eçki bolasi ofisda kezib yuradi va stollar tagida uxlaydi.
Uloq katta bölganida uning yaşaşi uçun yangi joy topilişi aytilmoqda.






