Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 22 oktabrdagi 301-sonli qarori bilan Özbekiston Prezidentining 2014 yil 5 martdagi “Mansabdor şaxslarning xorijiy mamlakatlarga çiqiş tartibini takomillaştiriş çoralari töğrisida”gi PQ-2142-sonli qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.  

Özbekiston fuqarosining xorijga çiqişi va Özbekiston hududiga kirişi tartibi xorijda bölganda stikerning (Vizalar va röyxatga oliş bölimining (OVIR) xorijga çiqiş uçun beriladigan ruxsatnomasi) yöqligi uçun javobgarlikni belgilovçi me'yor bilan töldirildi. Özbekistondan yoki xorijiy davlatlardan (kiriş uçun viza talab qilinmaydigan davlatlar) boşqa davlatlarga stikerni rasmiylaştirmasdan çiqiş (kiriş uçun viza talab qilinmaydigan davlatlar bundan mustasno) javobgarlikka tortiladi.   

Misol uçun, Özbekiston fuqarosi çiqişga ruxsat beruvçi strikerni rasmiylaştirmasdan Qozoğistonga çiqdi (vizasiz tartib örnatilgan). Bu holatda qoidabuzarlik yöq. Biroq fuqaro stikersiz Özbekistondan  misol uçun, kiriş uçun viza talab qilinadigan Germaniyaga çiqmoqçi bölsa yoki Qozoğistonda böla turib Germaniyaga tegişli stikerni olmay çiqsa, unda bu qoidabuzarlik böladi va Özbekiston Jinoyat kodeksining 233-moddasida közda tutilgan ma'muriy javobgarlikka tortiladi, ya'ni eng kam iş haqining 200 tadan 400 tagaça barobarida jarimaga tortiladi. 

Qabul qilingan hujjatga köra, stikerning amal qiliş muddati xorijda tugaşi Özbekistonga kirişda javobgarlikka tortişga asos böla olmaydi.  

Misol uçun, fuqaroning kiriş uçun viza tartibi örnatilgan AQŞda stiker muddati tugagan bölsa, u Özbekistonga qaytişi yoki boşqa davlatga borişi mumkin va bu qoidabuzarlik bölmaydi. Biroq fuqaro Özbekiston bilan viza tartibi örnatilmagan biror davlatga, misol uçun Rossiyaga kelib, u yerdan Özbekistonga qaytmay boşqa davlatga ketsa, misol uçun Qirğizistonga, unda fuqaro avvalgi holatdagidek javobgarlikka tortiladi.      

Şuningdek, hujjatda Özbekistondan taşqarida bölgan fuqaroning pasport olişi va stikerni rasmiylaştiriş me'yori özgartirildi.   

Xorijga vaqtinçalik yaşaş uçun (xizmat safari, öqiş, davolaniş, şartnoma böyiça işlaş) ketgan va vaqtinçalik konsullik hisobida turgan Özbekiston fuqarosi muddati tugaşi, vizalarni belgilaş uçun sahifalarning tugaşi, yöqotilişi yoki şikast yetkazilişi sababli pasportini almaştiriş yoki stikerni rasmiylaştiriş uçun Özbekistonning xorijdagi elçixonalari va konsulliklariga örnatilgan şakldagi ariza bilan murojaat qiladi.    

Fuqarolarning arizalari elçixonalar yoki konsulliklar tomonidan rasmiylaştirilib, Taşqi işlar vazirligi orqali pasportni rasmiylaştiriş uçun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markaziga va stikerni rasmiylaştiriş uçun Içki işlar vazirligiga jönatiladi. Rasmiylaştirilgan hujjatlar yana TIV orqali egasiga qaytariladi. Rasmiylaştiriş muddati 30 iş kunidan oşmasligi kerak.